Ilmli va salohiyatli yoshlar mamlakatning eng katta boyligi

26.01.2022, 16:09

Ilmli va salohiyatli yoshlar mamlakatning eng katta boyligi

O’zini hurmat qilgan va kelajagi haqida jiddiy qayg‘uradigan mamlakat bundan buyog‘iga yoshlar ta’limiga alohida e’tibor qaratadi. Negaki zamon shiddat bilan rivojlanayapti, axborot texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi qolmadi, hisobi. Qaysiki mamlakat zamonaviy texnologiyalar borasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirishsa, har jihatdan rivojlanadi, iqtisodi baquvvat bo‘ladi. Takror bo‘lsada aytamiz buning uchun yosh avlod sifatli ta’lim olishi zarur. Mutaxassislar bejizga globallashuv natijasida yoshlar ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning eng oldi jabhalarida bo‘lib, integratsiyalashuv jarayonida aynan yoshlar millat darajasi va turmush sharoitining asosiy ko‘rsatkichi sifatida qaralishi kerak deb ta’kidlamayaptilar. 

Mamlakatimizda ham o‘tgan besh yilda bu borada aniq va maqsadli ishlar qilindi. Hozir amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalish niyatimiz yo‘q. Aksincha kelgusi yillarda yoshlar masalasi bilan bog‘liq qanday vazifalar belgilangani haqida qisqacha so‘z yuritmoqchimiz. Prezidentimiz 2021 yil noyabr oyida Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida “Navqiron yoshlarimizni, ayniqsa, qizlarimizni sog‘lom va yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va  iste’dodini ro‘yobga chiqarish, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol toptirish bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi” deya alohida ta’kidlagan edilar.

  Buning amaliy isboti sifatida Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, sifatli ta’lim olishini ta’mminlash, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida hayotiy vazifalar belgilandi. Shuningdek, strategiyadan 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilingan yoshlar ulushini 40 foizga yetkazish, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun infratuzilma yaratish, turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maqsadlar o‘rin olgan.

 Strategiyada “Yangi O’zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan. Bu nima degani? Bu – aholi ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, xalqqa muhabbat va sadoqat ruhi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash oliy maqsad sifatida belgilanganligini anglatadi. Darhaqiqat ma’rifat yuksalgan joyda jaholat yo‘qoladi. Ushbu konsepsiya doirasida ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi Maktablarni rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqiladi. Maktab ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va darsliklari ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ishlab chiqiladi.

Ta’lim tizimining eng asosiy negizi va muammoli bo‘g‘ini ham maktabligi sir emas. Strategiyada ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda aynan o‘rta ta’limga e’tibor qaratilgani oqilona qarordir.

Oliy ta’lim tizimida ham juda katta marra olingan. Kelgusida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglar olishiga erishish masalasiga alohida urg‘u berilgan. Qolaversa, xususiy universitetlarda ta’lim oluvchilarga 7 yillik ta’lim kreditini olish tartibi joriy etiladi.

Sanayversak ko‘lami keng vazifalar tugamaydi. Muhimi ulardan ko‘zlangan maqsad aniq. Yoshlar salohiyatini rivojlantirish va uni mamlakat innovatsion rivojlanishi uchun qo‘llashdir.  

Shozafar Shoahmedov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi

  • Ko'rildi
    379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+