Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda bor imkoniyatimizni safarbar etamiz

27.01.2022, 16:32

Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda bor imkoniyatimizni safarbar etamiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 yanvar kuni O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar bizni yanada shijoat bilan ishlashga undaydi.

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimizning rivojlanish tendensiyalari qanday bo‘lishi, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilanganligi, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosida islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan,  “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” bo‘yicha davlat dasturi loyihasi ham yangi strategiyadan kelib chiqib tayyorlangan. Ochiq muhokamalar jarayonida aholidan 17 mingdan ziyod takliflar olingan. Ular tasniflanib va umumlashtirilib, dastur loyihasi 300 dan ortiq tashabbuslar bilan to‘ldirilgan.

“Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz. Bu maqsadga erishish uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bo‘lgan mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bo‘g‘iniѓa aylantirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘ymoqdamiz. Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi. Mahalla obod bo‘lsa, butun mamlakat obod bo‘ladi”, degan so‘zlari faoliyatimizning bosh g‘oyasi bo‘lib qoladi.

Davlatimiz rahbari boshlagan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgani bilan ham g‘oyat ahamiyatlidir. 

Taraqqiyot strategiyasi asosida belgilab berilgan topshiriqlarga doir hujjatlarni puxta ishlab chiqish, ularning ijrosi haqida keng jamoatchilikka hisobot berib borish talabini qo‘yganligi ham mas’uliyatimizni ikki karra ortishiga xizmat qildi. Shuningdek, yig‘ilishda ko‘rilgan barcha masalalarni ijrosini ta’minlash uchun bor imkoniyatlarimizni, kuchimizni safarbar etamiz.

Xurshidaxon XALILOVA,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi

  • Ko'rildi
    57
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+