Maqsadimiz - Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishdir

27.01.2022, 16:36

Maqsadimiz - Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishdir

Kuni kecha davlatimiz rahbari Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqqan holda biz partiya xodimlari va deputatlar ham o‘z oldimizga yangidan maqsadlarni qo‘ydik.

Yuz berayotgan ulkan islohotlarda faqat tomoshabin bo‘lib qolmasdan bevosita uning ishtirokchisi bo‘lish, vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish, bir so‘z bilan aytganda ulug‘ o‘zgarishlarga dahldorlikni chin qalbdan his etish va shu hisni amalga oshirish bo‘yicha rejalar tuzib oldik.

Davlatimiz rahbari o‘z so‘zlarida “Inson qadri uchun 100 ta maqsad”ni o‘z ichiga olgan taraqqiyot strategiyasida belgilangan "Barcha sa’y-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart”  ekanligini alohida ta’kidladilar. Biz jamiyatdagi yetakchi siyosiy kuch bo‘lgan O’zLiDeP faollari, partiyadan saylangan deputatlar korpusi orqali ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi, rejalarning to‘liq bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishimiz va amalga oshiriladigan  vazifalar bo‘yicha aholining barcha qatlamlariga to‘laqonli va tushunarli qilib yetkazib berishimiz kerak.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlari o‘zlarining deputatlik eshituvlarini ham tizimli ravishda tashkil etishi, o‘z hududlaridagi mas’ul rahbarlarning Dastur ijrosi yuzasidan hisobotlarini eshitishni va uni saylovchilarga yetkazilishi bo‘yicha aniq rejalar tuzib olishlari lozim.

Shunda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Taraqqiyot strategiyasi dasturi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat xalqimizga ertangi kuniga va Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan to‘g‘ri siyosatga ishonch ruhini shakllantiradi.

Muhammadjon Eshniyozov,

 O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    49
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Зулфизар2022-01-27 18:17:59

Биз ёшлар бундай имкониятлардан фойдаланиб факат факат ишлашимиз керак УзЛиДеП партиясиданлигим мени кувонтиради


Fikringizni qoldiring

+