Ajratilayotgan mablag‘ har bir xonadonga yetib borishi lozim...

27.01.2022, 16:47

Ajratilayotgan mablag‘ har bir xonadonga yetib borishi lozim...

Bugun xalqimiz ongu tafakkuriga “Yangi O’zbekiston”, “Yangi Renessans”, “Taraqqiyot strategiyasi” kabi terminlar kirib borayapti va bu har bir fuqaroni shu yurtni sevishga, shu muqaddas zaminga munosib farzand bo‘lishga undab turibdi. Bugun qaysi go‘shaga yoki qaysi bir viloyatning chekka hududiga bormang, odamlar yangilanishlar, taraqqiyot va mamlakat istiqboli haqida fikr yuritadi. Bu albatta, yurt ertasiga ishonch va e’tiqodning yorqin namunasidir.

Prezidentimiz Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida aytganidek, taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olindi. Ko‘rayapsizmi, 100 ta maqsad-a! Bu degani xalqimizning yuzdan ortiq muammolarini hal etish, mamlakat taraqqiyoti va istiqboli yo‘lida sobitqadamlik bilan ish olib borishdir.

Kimdir Taraqqiyot strategiyasi bu  - rahbarlar amalga oshirayotgan dastur deb o‘ylashi mumkin. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Taraqqiyot strategiyasi xalqimiz bilan birgalikda, har bir fuqaro ishtirok etadigan, har bir fuqaro fikri inobatga olinadigan va ular uchun yengilliklar hamda imtiyozlar yaratiladigan dasturdir.

Keyingi 5 yillikka mo‘ljallangan taraqqiyoi strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Demak, davlat shuncha mablag‘ ajratayapti, bu mablag‘ni mahallaga, har bir xonadon manfaati uchun yetib borishiga kim mas’ul? Albatta, mahalliy Kengash deputatlar, qolaversa, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari bu borada faollik bilan ish olib borishlari muhimdir. Qolaversa, Prezidentimiz videoselektor yig‘ilishida  "Barcha sa’y-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart” deb aytdi.

Faollik, tashabbuskorlik va fidoyilik har birimizning shiorimizga aylanishi lozim. Zero, Taraqqiyot strategiyasi bu xalqimizning farovonligi va to‘kinchiligining muhim manbaidir.

Barno Mirzamova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    187
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+