Endilikda mamlakatimizda “inson-jamiyat-davlat” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etadi

27.01.2022, 17:46

Endilikda mamlakatimizda “inson-jamiyat-davlat” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etadi

Bu nima degani? Bu – endilikda mamlakatimizda inson qadr-qimmati ulug‘lanadi, ularning huquq va manfaatlari davlat manfaatlaridan ustun qo‘yiladi degani. Xo‘sh, endi o‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, qaysi mamlakatda inson qadr-qimmati davlat manfaatlaridan ustun qo‘yilgan?  Bu haqda fikr yuritganda, shu narsani unutmaslik kerakki, qaysiki davlatda inson qadri  ulug‘lansa, inson manfaati davlat manfaatidan yuksak qo‘yilsa, o‘sha davlatda taraqqiyot bo‘lgan, o‘sha mamlakatda rivojlanish avj olgan.

Prezidentimiz yaqinda Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilab olish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida barcha iqtisodiy komplek va hokimlar oldiga bir muhim masalani qo‘ydi. Ya’ni yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollardan oshirib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravarga ko‘paytirish va kambag‘allik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirishdek ulug‘vor vazifa belgilandi.

Joriy yilning o‘zida inflyatsiya darajasini 9 foizdan oshirmaslik masalasi ham ilgari surildi. Bundan tashqari joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 10 trillion so‘m kreditlarni “mahallabay” kafolatli yetib borishini ta’minlash, budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik, dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravarga oshirib, agrar tarmoqda yillik o‘sishni kamida 5 foizga yetkazish, yaqin besh yilda iqtisodiyotga 120 milliard dollar, shu jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etish, eksport hajmini yiliga 30 milliard dollardan oshirish masalasi belgilab berildi.

Bu vazifalar juda ulkan va zalvorli. Amalga oshirish esa juda katta mahorat va mehnatsevarlikni talab etadi. Maqsad ham shu. Belgilab olingan vazifalar qog‘ozda qolib ketmasin. Qog‘ozda qolib ketishi esa mamlaktat iqtisodiyoti uchun faqat zarar keltiradi. Shunday ekan, loyiha bor, dastur belgilangan, mablag‘ yetarli, uni amalga oshirish uchun nafaqat aloqador tashkilotlar balki biz deputatlar, jamoatchilik vakillari hamda har bir fuqaro jonbozlik ko‘rsatishi lozim.

Hazratqul Xo‘jamqulov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    1372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+