Karmanada hokim yordamchilari va tomorqa yer egalari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

29.01.2022, 18:03

Karmanada  hokim  yordamchilari va tomorqa yer egalari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

Navoiyda Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spiker o‘rinbosari A.Xaitov ishtirokida yangidan ish boshlagan hokim yordamchilari, tomorqa yer egalari va qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Карманада  ҳоким  ёрдамчилари ва томорқа ер эгалари учун ўқув-семинар ўтказилди

Karmana tumanidagi “Karmana tomorqa xizmati—2” MChJ qishloq xo‘jaligi kooperativlari xodimlari malakasi va ko‘nikmasini oshirish hamda o‘qitishga ixtitisoslashgan tomorqachilik tajriba markazida bo‘lib o‘tgan seminarda tomorqa xizmati klasterlari xizmatini yo‘lga qo‘yish, Taraqqayot strategiyasida belgilangan tamoyillar asosida, aholini birvarakayiga bir necha turdagi tadbirkorlikka yo‘naltirish, ta’minotchilarni elektron platformaga to‘la o‘tishlarini targ‘ib qilish, kichik biznes va tadbirkorlikning istalgan yo‘nalishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan kredit va subsidiyalarni berish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Spiker o‘rinbosari bir necha turdagi tadbirkorlikning foydali taraflari, tadbirkorlarga madadkor bo‘luvchi texnika vositalarini olishdagi imtiyozlar haqida ham to‘xtalib, bu texnikalarga ko‘tariladigan kreditlar uchun davlat tomonidan 150 million so‘mgacha subsidiyalar ajratilishi, kredit muddatlarining uzaytirilganligi haqida gapirdi. Ayniqsa, bu jarayonlarda Respublika fermerlar Kengashi qoshida tashkil etilgan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘apma zimmaciga yanada katta mas’uliyat yuklagani aytildi.

Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari 12 xizmat turiga ega “Karmana tomorqa xizmati—2” MChJ faoliyati bilan tanishtirildi.

M.Pirnafasova,

O'zLiDeP Navoiy viloyati kengashi jamoatchilik bilan

aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

 

  • Ko'rildi
    352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+