Mahallalardagi yoshlar yetakchilari O‘zLiDeP safiga qo‘shilmoqda

31.01.2022, 16:40

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari O‘zLiDeP safiga qo‘shilmoqda

O‘zLiDeP Shirin shahar Kengashi tomonidan shahar hududidagi 7 ta mahallalarda o‘z faoliyatini boshlagan Yoshlar ishlari agentligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bir jihatdan bu yoshlarning partiyamizga a’zoligi bo‘lsa, ikkinchi tomoni ularning yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishadi.

Mazkur uchrashuvda Prezidentimizning «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbirda yoshlar ishlari agentligi vakillarining 4 nafari partiya safiga qabul qilindi. Muloqot davomida yoshlar ishlari agentligining mahalladagi vakillari bilan har bir mahallada yoshlar masalalari yo‘nalishidagi ishlarni partiya bilan hamkorlikda olib borishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Vakillarning ishini jadallashtirish, har bir ishning samaradorligini nazorat qilish va muvaffaqiyatlarni ommalashtirish maqsadida vakillarga tuman hokimligi tomonidan planshetlar sovg‘a qilindi.

    O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    419
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+