Tomorqachilikning sir-asrorlari

01.02.2022, 16:23

Tomorqachilikning sir-asrorlari

O’zLiDeP Sirdaryo tumani Kengashi vakillari va deputatlar “Xazina” mahallasidagi Lochin Xusanov xonadonida bo‘ldi.

Lochin Xusanovni tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori sifatida taniganlar, uning limonchilik sohasidagi tajribalarini ham qo‘shib aytishi aniq. Aslida tadbirkor bo‘lish uchun shunday muhitda ishlash yoki yashash kerakmikan, degan fikrga keldik.

Lochin aka hovlisida 2 sotix limonzor tashkil qilishni maqsad qilgandi. Issiqxona qurilib, limon ko‘chatlari ekildi. Uning voyaga yetib, hosil berishi uchun kamida 4-5 yil kerak. Ungacha oraliq ekinlar-ko‘katlar, rezavorlar, pomidor, qalampir ekib, peshma-pesh  xaridorlarga yetkazildi. Bu deyarli hamma issiqxona egalariga ma’lum tajriba. Yana bir narsa borki o‘simlik ham mavjudot, e’tibor-mehr talab qiladi. Faqat o‘g‘itu, issiq-sovug‘iga qarash bilan ish bitmaydi.

Sirdaryo tuman Kengashi apparat rahbari Muhriddin Ismatillayev va O’zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Xusan Jabborovlar Lochin Xusanovning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi. Suhbat asnosida tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, albatta samara berishi haqida suhbatlashdilar. Lochin Xusanov singari tadbirkor va ishbilarmonlarning safini kengaytirish borasidagi fikrlarini o‘rtoqlashdilar.

    O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    342
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+