Deputatlar eng quyi bo‘g‘indan ishni boshlashdi
02.02.2022, 16:57

O’zLiDeP Uchko‘prik tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati B.Najmiddinov hamda Xalq duputatlari Uchko‘prik tuman Kengashi deputati N.Imomaliyevalar ishtirokida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" mavzusida mahalla raislari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat - Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uning 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l haritasi” bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan muammolarni mahalla darajasida hal etish uchun mahallaning “faol” modelini joriy etilayotgani alohida ta’kidlandi.
Buning uchun, barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mahallalardagi muammolarni o‘rganish va “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash tartibi joriy etilib, mahalladagi ishlarning ahvoli vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni sifatida belgilanayotgani ta’kidlandi.
Shohsulton To‘xtamatov,
O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring