Qiziltepada oilaviy uy-bog‘chalar faoliyati o‘rganildi

03.02.2022, 17:04

Qiziltepada oilaviy uy-bog‘chalar faoliyati o‘rganildi

Ma’lumki, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bog‘chaga qamrovini oshirish maqsadida mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalarining turli shakllari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, ham xonadon egasining bandlik masalasi, ham mahallalardagi yosh onalarning ijtimoiy ahvoli, ham tadbirkorlikning bu turi bilan shug‘ullanuvchining soliq imtiyozlari kabi har tomonlama qulayliklar tufayli  xonadonlarda oilaviy uy-bog‘chalar tashkil etildi.

Qiziltepa tumanining “Toshmachit” mahallasidagi “Orzigul” oilaviy uy bog‘chasi ham  mahalla ayollarining joniga huzur bo‘ldi.

2019 yildayoq faoliyat boshlagan mazkur bog‘cha tarbiyalanuvchilari  “Ayiqcha” va “ Quyoncha” deb nomlangan guruhlarga ajratilib, yoshiga qarab maktabgacha bo‘lgan ko‘nikmaga ega bo‘ladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor M.G’afforova nomiga rasmiylashtirilgan  “Orzigul” oilaviy uy-bog‘chasida yollanma ishchi kuchidan tashqari 5 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi.

-Bir nafar tarbiyalanuvchi uchun oyiga 98000 so‘m bog‘cha puliga qo‘shimcha tarzda xohlovchilar uchun oyiga 30 000dan mental arifmetika tahsiliga  to‘lov puli belgilaganmiz. Shuningdek, uzoq yillar maktablarda ishlagan, ba’zi sabablar bilan uyda ishsiz o‘tirgan tajribali o‘qituvchilarni tarbiyachi qilib ishga oldik. Hozircha biror kishi bog‘chamiz faoliyatidan norozi emas. Qaytanga  yana bir guruh bola olish uchun imkoniyatlarni ishga solyapmiz, - deydi YaTT rahbari M.G’afforova.

O’zi boshlagan ishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yib olgan tadbirkorlarni boshqalarga namuna sifatida targ‘ib qilish va bu orqali aholini har sohadan bir imkoniyat topishga ilhomlantirishni maqsad qilgan O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti vakillari “Toshmachit”ning 50 nafar bolasini bag‘irlagan “Orzigul” uy-bog‘chasi faoliyati bilan tubdan tanishib, yaratilgan shart-sharoitlar va bolajonlarga e’borning yuqori ekanligiga amin bo‘lishdi.

O’zaro muloqotlar jarayonida bog‘cha tarbiyachilari O’zLiDeP safiga qabul qilindi.

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar

va mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    203
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+