Taraqqiyot strategiyasidagi vazifalar tushuntirildi

03.02.2022, 17:07

Taraqqiyot strategiyasidagi vazifalar tushuntirildi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi “Ayollar va Yoshlar qanoti” tomonidan Xovos tuman Kengashida Taraqqiyot strategiyasiga bag‘ishlangan  tadbir o‘tkazildi.

Bugungi davrda Yangi O’zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.

Xovos tuman markazidagi “SOWORKING CENTER” binosida tashkil qilingan tadbirda strategiyaning hayotimizdagi o‘rniga urg‘u berildi.

Bugungi kunda Taraqqiyot strategiyasini alohida ustuvor yo‘nalishi sifatida “ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish” belgilanmoqda. Shu maqsadda «Yangi O’zbekiston – ma’rifatli jamiyat» konsepsiyasini amalga oshirish orqali milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish, madaniyat va san’atni yuksaltirish, «Jaholatga qarshi – ma’rifat» tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, - «O’zbekiston – ulkan imkoniyat va boyliklarga ega mamlakat. Lekin bizning eng katta boyligimiz – turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikdir». Bunday bebaho boylikni avaylab-asrash hamda davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini, mamlakatimizdagi do‘stlik va ahillik muhitini yanada mustahkamlashga yo‘naltirish maqsadida Taraqqiyot strategiyasida millatlararo munosabatlar sohasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash belgilanmoqda.

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshiriladigan ishlarning barchasida Taraqqiyot strategiyasi o‘z aksini topgan. Zero, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi» - inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+