Shahrisabzda ayollar o‘rtasida sport ommalashmoqda

03.02.2022, 17:10

Shahrisabzda ayollar o‘rtasida sport ommalashmoqda

O’zLiDeP Shahrisabz shahar Kengashi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida 1-kasb-hunar maktabida 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan mahalla ayollari o‘rtasida sportning voleybol, basketbol va stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Bu tadbir qishloq ayollarini sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning jismonan yetuk va barkamol bo‘lishlariga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi. Sport musobaqasini partiyaning shahar Kengashi apparat rahbari Fazliddin Amanov ochib, partiya yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilishni ustuvor maqsad sifatida belgilaganini ta’kidladi.

Musobaqada “Pillakashlik” va “Sariosiyo” mahallasi xotin-qizlari sportning basketbol, voleybol, tennis turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra sportning tennis yo‘nalishi bo‘yicha 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Surayyo Oybekova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mahalla xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasida “Pillakashlik” MFYning “Yosh voleybolchilar” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlar partiyaning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    268
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+