"AMUDAR TEXTILE" MChJda BPT ochildi

04.02.2022, 10:46

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Qonunchilik Palatasi Spikeri o‘rinbosari, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov  tashrifi davomida Surxondaryodagi tadbirkorlik sub’ektlaridan biri ip-kalava ishlab chiqaradigan "AMUDAR TEXTILE" MChJ faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati va ishchi xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Partiyaning «Yoshlar qanoti» faoli Tohir Jabborovning ta’kidlashicha, korxonada doimiy ravishda 4 smenada 600 nafarga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Bir sutkada 16 tonna tayyor xom ashyo mahsuloti ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar Xitoy va Turkiya davlatlariga eksport qilinayapti.

Shu kuni partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan yoshlar bilan partiya raisining muloqoti bo‘lib o‘tdi. A. Xaitov yoshlarning olayotgan daromadi bilan qiziqdi, bir yo‘la ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha ham tavsiya berib o‘tdi. Shunday yoshlardan yana 10 nafari partiyaga a’zo qilinib, korxonada yangi Boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1017
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+