Taraqqiyot strategiyasi: Ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi

04.02.2022, 15:17

Taraqqiyot strategiyasi: Ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va maqsadlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan maxsus davra suhbatlari va o‘quv-seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 3 fevral kuni O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda har bir fuqaroga aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, innovatsion ta’limni rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, sifatli ta’lim-tarbiya va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishidagi ustuvor maqsad va vazifalar, ularning huquqiy asoslarini ta’minlash, kasbga o‘qitishda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini oshirish, maktablarni rivojlantirish Milliy dasturini joriy etish, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish kabi mavzular bo‘yicha taqdimotlar, tushuntirishlar, savol-javoblar, keng muhokama va munozaralar bo‘ldi hamda tegishli taklif va xulosalar bildirildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan yuqorida bildirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashning normativ-huquqiy asoslarini yaratish, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar hamda amaliy mexanizmlar batafsil tushuntirildi. Ushbu yo‘nalishdagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishga bevosita mas’ul bo‘lgan har bir vazirlik va idoraning chora-tadbirlar rejasi hamda “yo‘l xaritasi” tanishtirildi va muhokama qilinib, takliflar bildirildi.

Muloqotda davlatimiz rahbarining shu yil 28 yanvar kuni ta’lim islohotlari bilan bog‘liq videoselektorda bildirgan topshiriqlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ushbu videoselektorda Prezidentimiz «Najot ta’limda, najot maktabda, najot bilimda» degan fikrni e’tirof etarkanlar, ta’limga e’tibor vatan taqdiriga daxldor ekanligini yana bir bor uqtirganlari bejiz emas, albatta.

Tadbir yakunida O`zLiDeP hamda uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, partiya faollari va ekspert guruhlari tomonidan tizimli ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlab olindi.

Nasimjon Alimov,

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari.

  • Ko'rildi
    854
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+