Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi partiyamizning dasturiy maqsadlari bilan hamohangdir

07.02.2022, 14:48

Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi partiyamizning dasturiy maqsadlari bilan hamohangdir

Bu haqda gap ketganda shuni mamnuniyat bilan e’tirof etishni istar edimki, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi xalq muallifligida qabul qilindi va unda partiyaning viloyat Kengashi deputatlari, partiya faollari va a’zolari o‘zlarining takliflari bilan faol ishtirok etishdi. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, strategiyaning xalq muhokamasiga qo‘yilgani deputatlarimiz, partiya faollarimizning qanchalik darajada  yurt taqdiriga  daxldorligini, inson qadri uchun kuyunchakligini ko‘rsatmoqda.

Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, yurtdagi yangilanishlar va rivojlanishlarga xalqimiz befarq emas. Xalq tafakkuridagi yurt taraqqiyoti va ravnaqiga daxldorlik hissining yuksalishida mamlakatimizda inson, jamiyat, davlat tamoyilining amalga oshirilayotgani, davlatimiz rahbari tomonidan “inson qadri” uchun g‘oyasining ilgari surilayotgani muhim o‘rin egallamoqda.    

Yana bir misol keltiradigan bo‘lsam, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining qo‘shma majlisida Yangi O’zbekiston strategiyasida aks ettirilgan  yettita ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsadni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Strategiyaning  2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi partiya faollari va deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

Xo‘sh, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiyaning viloyat kengashi va uning tuman va shahar Kengashlari oldida turgan vazifalar nimalardan iborat? Eng avvalo shuni mamnuniyat bilan e’tirof etishni istar edimki, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi partiyamizning dasturiy maqsadlariga hamohangligi bilan diqqatga sazavordir. Bir maqsad va bir maslak yo‘lida qilinayotgan bu sa’y-harakatlar albatta o‘zining ijobiy samaralarini berishi tabiiy.

Qo‘shma majlisda O’zLiDeP va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi uchun dolzarb bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi va bu anjumanda belgilangan vazifalar asosida partiyaning Qashqadaryo viloyat Kengashida faollar bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda qarorda ko‘rib chiqilgan vazifalar asosida faoliyatimizni tizimli tashkil etish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tuzildi. Endilikda Farmondan kelib chiqib, partiya tashkilotlari ish rejalari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Deputatlik guruhlari ish faoliyatini kuchaytirishga e’tibor qaratilmoqda. Eng muhimi esa viloyatdagi mavjud BPTlar bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, deputatlik eshituvi hamda deputatlarning joylardagi muammolarni tuman va shahar Kengashi sessiyalariga olib chiqishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda.

Zotan, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lash, xalqparvar va insonparvar davlat  barpo etishdek yuksak maqsadlar qo‘yilgan ekan, uni amalga oshirishda partiyaning viloyat Kengashi va uning joylardagi partiya tashkilotlari faollik bilan ish olib borishadi va jonajon O’zbekistonimizning gullab yashnashi hamda ravnaq topishiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishadi.

  Arziqul Sherov,

  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

 raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari.

  • Ko'rildi
    385
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+