Nukusda hokim yordamchilari O’zLiDePga a’zo bo‘ldi

07.02.2022, 14:50

Nukusda hokim yordamchilari  O’zLiDePga a’zo bo‘ldi

 Xabaringiz bor, joriy yilning 10 yanvardan boshlab O’zbekistonning barcha mahallalarida hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.

 Ular mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanishadi.

 O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha barcha  mahallalarda 9 mingdan  ziyod hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, shundan   Qoraqalpog‘iston Respublikasida 424 nafar hokim yordamchilari faoliyat olib bormaqda. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Nukus shahridagi  mahallalarda  ish boshlagan hokim yordamchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. 

Hokim  yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi katta mas’uliyatli vazifa yuklatilganligini  ta’kidlab o‘tdi.

 Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda hokim yordamchilari – Prezidentning mahalladagi vakillari hisoblanadi. 

Hokim yordamchilari bilan ochiq muloqotda  partiya  bilan hamkorlikda  ish olib borish, ayniqsa mahallada aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, shu orqali  ularning bandligini ta’minlash, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalariga hamohangligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Muloqot davomida Nukus shahridagi mahallalardagi hokim yordamchilari partiya safiga qabul qilindi va a’zolik guvohnomalari topshirildi.  

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    171
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+