Erkin kurash bo‘yicha havoskor yoshlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil qilindi

08.02.2022, 14:43

Erkin kurash bo‘yicha havoskor yoshlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil qilindi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Nukus shahar  Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda  sportning erkin kurash turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. 

Musobaqada “Taslaq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 120 nafardan ziyod  14 yoshdan 18 yosh oralig‘idagi sportga qiziqishi bor havoskor yigit va qiz bolalar turli vazn toifasida ishtirok etdi.

Musobaqada so‘zga chiqqanlar davlatimiz tomonidan barcha sohalar singari sport sohasini isloh etishga qaratilayotgan e’tibor, ayniqsa  yoshlar ma’naviyatini  yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusda keltirib o‘tilgan vazifalar asosida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.   

O’ziga xos murosasiz bahslarda kechgan o‘yinda ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi bilan birga shijoatini ham yaqqol namoyon qildi.

Turli vazn toifasidagi havoskor yoshlar orasida g‘oliblar aniqlanib, ular tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan  taqdirlandi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    743
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+