Quyi bo‘g‘inlar faoliyatidagi kamchiliklar tahlil qilinmoqda

08.02.2022, 14:44

Quyi bo‘g‘inlar faoliyatidagi kamchiliklar tahlil qilinmoqda

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi vakillari va deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh To‘raqo‘rg‘on tumanidagi korxona va tashkilotlar qoshida tashkil qilingan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi.

Dastlab, O’zLiDeP To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashida hozirgi kunda faoliyat yuritib kelayotgan 84 nafar BPTlar hujjatlari o‘rganib chiqildi. Ishchi guruh tomonidan 40 ta korxona va tashkilotlarga borish manzillari aniqlab olindi.

Tashrif chog‘ida To‘raqo‘rg‘on “Telekom” ATK korxonasida 30 ta xodim bo‘lib, 3 nafar a’zolar qolganligi aniqlandi. Targ‘ibot natijasida 30 nafar xondimlarning barchalari partiya safiga qabul qilindi. Tuman Xalq bankida esa 4 nafar a’zolar mavjud bo‘lib, 20 nafarga a’zolar safi kengaytirildi. 

Ishchi guruh tomonidan “RULAN” tekstil ishlab chiqarish korxonasiga yo‘l olindi. Korxonada 300 nafar ayollar faoliyat yuritib kelmoqda. 100 nafar hotin-qizlar partiya safiga qabul qilinib, korxona rahbari Mahfuza Gyumyush BPT raisi etib saylandi.

To‘raqo‘rg‘on tuman “4-Qishloq qurilish kombinati” MChJ da o‘tkazilgan xatlov hamda targ‘ibot natijasida a’zolar soni 20 nafarga yetkazildi. O’rganish yakunida Isvaxon mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman hokimining yordamchisi Muzaffar Nizamov o‘z hohishiga ko‘ra partiya safiga qabul qilindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+