Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

08.02.2022, 14:46

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik  yo‘lga qo‘yildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” viloyatdagi 1123 ta mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Prezidentimizning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

- Samarqand viloyati bo‘yicha 1123 mahalla fuqoralari yig‘inlaridagi yoshlar yetakchilari viloyatdagi partiya “Yoshlar qanoti”  bilan hamkorlikda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga                    Partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida barcha tuman (shahar) Kengashlari qoshida “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyat yuritib kelmoqda, - deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat  Kengashi Yoshlar va Biznes tuzilmalar  bilan ishlash  bo‘limi mudiri Qodir Shoyimov.

Viloyatdagi barcha mahallalarda ish boshlagan yoshlar yetakchilaridan 244 nafari partiya a’zolari hisoblanadi. Mahallalardagi yoshlar yetakchilari partiya “Yoshlar qanoti” faollari bilan hamkorlikda har bir mahallada yoshlar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun shart-sharoit yaratishda tashabbuskor bo‘lishmoqda.

  Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    185
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+