O'zLiDeP vakillari hokim yordamchilari bilan mahalladagi muammolarni o‘rganmoqda

08.02.2022, 14:49

O'zLiDeP vakillari hokim yordamchilari bilan mahalladagi muammolarni o‘rganmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarni iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda aholini kambag‘alikdan chiqarish maqsadida yurtimizning barcha mahallalarida hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari lavozimi joriy qilinib, bu mutaxassislar o‘z faoliyatlarini boshladi.

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi va Shirin shahar Kengashi vakillari shahardagi Nurobod mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar va aholining turmush tarzini o‘rgandi. Partiya vakillari yaqinda ish boshlagan hokim yordamchisi Eldor Yarlakabov va yoshlar yetakchisi Shamsiddin Mamasharipovlar bilan mahalladagi muammolarni o‘rgandi.

Xususan, mazkur mahallaning “Iftixor”, “Yangi asr” ko‘chalarida istiqomat qilayotgan aholi bilan uchrashilib, ularni yashash tarzi o‘rganildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida har bir mahalladagi xonadonlarga va yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ko‘mak berish, ajratilgan mablag‘lar hisobidan ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar berish, tomorqadan samarali foydalanish uchun, ekinlarni ekishda ko‘chat, o‘g‘it, issiqxona, suv masalalarini hal etish, parrandachilikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishlari haqida aholini xabardor qilishdi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+