Deputat tashabbusi bilan eng olis hududdagi 80 nafar ayollar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

08.02.2022, 14:52

Deputat tashabbusi bilan eng olis hududdagi 80 nafar ayollar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib kilish, tibbiy madaniyatni rivojlantirish va xotin-qizlar o‘rtasida turli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan "Sog‘lom oila-mustahkam oila" loyihasi doirasida Dang‘ara tumani “Ayollar qanoti” faollari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O’zLiDePdan saylangan Dang‘ara tuman Kengashi deputati I.Ergashev tashabbusi bilan amalga oshirildi. Tumanning olis hududida bo‘lgan G’umayli MFY ayollari uchun davra suhbati hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilgani ko‘plab opa-singillarni quvontirdi.

80 nafar ayollarni qamrab olgan tibbiy ko‘rik davomida LOR, Endokrinolog, Ginekolog, Gastroentrolog, Kardiorevmatolog, Onkolog hamda Urolog kabi mutaxassislar ayollarni ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Ko‘rik davomida kasallik aniqlangan xotin-qizlarga deputat ko‘magi bilan 10 xildan ziyod kerakli dori darmonlar tarqatildi.

Sh.Tolipova,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

bo‘lim mudiri.

  • Ko'rildi
    261
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+