Deputat saylovchilarning 10 ga yaqin murojaatiga qanday yechim topmoqchi?

08.02.2022, 14:54

Deputat saylovchilarning 10 ga yaqin murojaatiga qanday yechim topmoqchi?

O’zLiDeP Toshloq tuman Kengashi deputati Muxtorjon Meliboyev Zarkent mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv tash qildi.

Unda xalqimiz farovonligiga xizmat qiluvchi muhim hujjat - “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va 2022 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan manzilli “Yo‘l Xaritasi” haqida yig‘ilganlarga tushintirishlar berildi.

Davra suhbati davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash, ko‘chalarni asfaltlash, shag‘allashtirish kabi 10 ga yaqin murojaat tinglanib, 2 ta murojaat tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi hamda 8 ta murojaat yuzasidan  huquqiy maslahat berildi.

  • Ko'rildi
    232
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+