Chorvachilikka qiziquvchi yoshlar “Guliston nurli istiqboli” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi

09.02.2022, 11:09

Chorvachilikka qiziquvchi yoshlar “Guliston nurli istiqboli” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi

O'zLiDeP Andijon viloyat kengashi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida yoshlar uchun seminar tashkil etildi. 

Chorvani oila barakasi, deyishadi. Chindan ham, hovlisida bitta sog‘in sigiri bor ro‘zg‘orning dasturxoni fayzli, qo‘shimcha daromadli bo‘ladi. Shu bois yurtimizda chorvachilikni rivojlantirish, bu borada tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ustuvor ahamiyat qaratilyapti. Maqsad aholining arzon, sifatli go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashdir.

O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Shahrixon tumanidagi “Guliston nurli istiqboli” fermer xo‘jaligida qoshidagi BPT da “Chorvachilik sohasini rivojlantirish” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida shular xususida so‘z yuritildi.

Bugungi kunda mazkur fermer xo‘jaligida Gollandiyadan keltirilgan 500 boshdan ortiq naslli qoramollar parvarishlanmoqda. Usmonali Otaxonov boshchilik qilayotgan bu kabi xo‘jaliklarda yaxshi tajriba yaratilgan bo‘lib, yildan-yilga chorva soni ko‘payib bormoqda. Kuniga 6 tonna sut mahsuloti olayotgani chorvachilikka qiziquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

-Bugungi tadbir biz yoshlarga chorvachilik sohasida juda ko‘p bilimlar olish imkoniyatini yaratdi. O’zim ham naslli qoramollarni parvarishlashni yo‘lga qo‘yish uchun bankdan kredit olishni rejalashtirdim. Bu yerda olgan bilimlarim orqali chorvachilik faoliyatini rivojlantirish niyatidaman, - deydi Ilxomjon Inomov

Tadbir yakunida BPTdagi partiya a’zolari soni 25 nafarga ortdi.

  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+