Joriy yilda O’zLiDePning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida 10 ga yaqin partiyaviy loyihalar amalga oshiriladi

09.02.2022, 11:14

Joriy yilda O’zLiDePning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida 10 ga yaqin partiyaviy loyihalar amalga oshiriladi

O’zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan Samarqand shahrida deputat va  faol yoshlarning amaliy muloqoti tashkil etildi.

Partiyaning viloyat va Samarqand shahar Kengashlari faollari, mahalliy Kengash deputatlari hamda O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari ishtirok etgan ushbu tadbirda Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha partiyaning ustuvor vazifalari, 2022 yilga mo‘ljallangan yo‘l haritasining yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan tadbirlari va partiyaviy loyihalari haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi.

Jumladan, joriy yilda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini ko‘llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkorlar muloqot forumi” loyihasi, ilm va innovatsiyalarga asoslangan yangi iqtisodiyotni barpo etishga qaratilgan partiyaning “Yosh innovatorlar klubi” tashkil etiladi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “O’zLiDeP  yoshlar biznes turi” hamda “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor” loyihalari, shuningdek joylardagi tajribali tadbirkorlarga bittadan “Yoshlar daftari”da turgan hamda ishsiz yoshlarni biriktirish orqali bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “1+1 loyihasi” amalga oshiriladi.

Muloqot chog‘ida “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari va shahar Kengashi deputatlarining hamkorlikdagi faoliyatini kuchaytirish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlariga yoshlar qanoti a’zolarini biriktirish orqali ularning yanada siyosiy faolligini oshirish, alohida faollik ko‘rsatgan yoshlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga olish, kelgusi deputatlik saylovlarida deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish taklifi bildirildi.   

Tadbirda tashkiliy masala ham muhokama qilindi. O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi rahbarligiga Burxanov Bekzod Sayidazim o‘g‘li bir ovozdan tasdiqlandi.

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+