Eng faol BPT raislari taqdirlandi

09.02.2022, 11:16

Eng faol BPT raislari taqdirlandi

Boshlang‘ich partiya tashkiloti bu – fuqarolarni o‘zaro manfaatlar, qarashlar umumiyligi asosida hududiy, ishlab chiqarish muassasalarida birlashtirgan siyosiy partiya tashkilotlarining boshlang‘ich bo‘g‘inidir.  BPT – partiyaning negizi hisoblanadi. Ularning samarali faoliyati partiya hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. BPT lar qanchalik faol bo‘lsa, partiya faoliyati samaradorligi ta’minlanadi, a’zolar soni ko‘payadi.

Hozirda O’zLiDeP Sirdaryo tuman Kengashida 64 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti bor va ularga 4665 nafar a’zo birlashgan. Partiya elektoratini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish va ularni deputatlar orqali davlat hokimiyati organlariga olib chiqish, muammolar yechimi yuzasidan takliflarni shakllantirishda quyi bo‘g‘in a’zolari tobora faollashib bormoqda. Albatta, ular orasidayam eng faollari mavjudki, ularning faoliyatini boshqalarga o‘rnak qilsa arziydi.

Deputatlar tumandagi “Telekom”, tuman Bandlikka ko‘maklashuvchi markazi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi, “Jamshid” xususiy korxonasida faoliyat yuritib kelayotgan BPT raislariga partiya nomidan minnatdorlik bildirib, homiylik sovg‘alarini topshirishdi.

Tuman Kengashi deputatlari D.Jo‘rayeva va R.Abduraimovlar quyi bo‘g‘in-boshlang‘ich partiya tashkiloti ishini tizimli tashkil etish, yetakchilar salohiyatini oshirish borasida muayyan natijalarga erishish uchun ularga amaliy yordam uchun hamisha tayyorlaigini ta’kidlashdi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    203
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+