Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi

09.02.2022, 18:25

Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi

To‘rtko‘l tumani ko‘p tarmoqli texnikumida To‘rtko‘l axborot kutubxonasi hamda To‘rtko‘l ko‘p tarmoqli texnikum jamoasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan  ma’naviy tadbir tashkil qilindi.  

Tadbirda axborot kutubxona qoshida tashkil qilingan "Onajonim she’riyat" klubi a’zolari hamda texnikum talabalari adabiy-badiiy chiqishlari  bilan  Navoiy bobomizga o‘zlarining ehtiromini bildirishdi.

Tadbirda so‘z olganlar Alisher Navoiy jahon adabiyotining sara namunalari sirasiga kiradigan, halollik va adolat, ma’naviy yetuklik g‘oyalarini tarannum etuvchi, insonlarni komillikka chorlovchi asarlari bilan tom ma’noda xalqimizning faxriga aylanganligini  ta’kidlab o‘tdi.

Shundan keyin so‘zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar  uyushmasi  a’zosi,  AKM mutaxassisi, M. Yusupova, 29-maktabning ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi M. Hamroyeva buyuk mutafakkir alloma to‘g‘risida  gapirdilar.  

Insonga bo‘lgan muhabbat, uning g‘ami, tashvishi bilan yashash Navoiyga xos fazilatdir. Aynan ushbu jihatlar adabiy-badiiy, ma’rifiy tadbirning mazmun-mohiyatini tashkil qildi.

To‘rtko‘llik yoshlar tomonidan Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi. O’qituvchilar, san’atkorlar ijrosida shoir she’riyati asosida yaratilgan qo‘shiqlar aytildi, mumtoz musiqalar yangradi.

Har bir chiqishda Navoiy dahosiga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Tuman mahalla jamoat fondi tomonidan bilim dargohi va Axborot kutubxona markaziga  kitoblar taqdim qilindi.                                                                                      

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+