Taraqqiyot strategiyasi: Raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmi kamida 2,5 barobar oshiriladi

10.02.2022, 12:18

Taraqqiyot strategiyasi: Raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmi kamida 2,5 barobar oshiriladi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolaridan tarkib topgan ishchi guruhning ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Ta’kidlash joizki, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDePning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, har bir yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirilgan edi.

Strategiyada raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 barobar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish, dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 barobar, ularning eksportini esa 10 barobar oshirish maqsadi ham belgilangan edi.

Ishchi guruh yig‘ilishida ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Partiya bu yo‘nalishda ham muayyan vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga olyapti. Jumladan: Iqtisodiyot real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarini raqamlashtirish chora-tadbirlari ijrosi ustidan hududlar kesimida jamoatchilik va deputatlik nazorati amalga oshiriladi. Shuning barobarida “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi chora-tadbirlar dasturi shahar va tumanlar kesimidagi ko‘rsatkichlari shakllantiriladi.

“Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi chora-tadbirlarning shahar va tumanlar kesimidagi ijrosini mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari tomonidan har oyda tahlil qilib borish tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, partiya parlamentdagi o‘z fraksiyasi va mahalliy Kengashlardagi deputatlari bilan birga barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy ob’ektlarni keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish, mamlakatda dasturiy ta’minot tizimini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni o‘rganib, ularni bartaraf qilish va sohaga mutaxassislarni keng jalb qilishni ta’minlovchi tegishli xuquqiy bazani shakllantiradi va zarur qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritadi.

Muloqotda qator takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi, shuningdek ushbu yo‘nalishda belgilab olingan vazifalarni ijrosini ta’minlashda, hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. 

O’zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    745
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+