Suvni tejashning innovatsion texnologiyalarini yaratish yosh olimlarimiz oldida turgan muhim vazifadir

10.02.2022, 15:06

Suvni tejashning innovatsion texnologiyalarini yaratish yosh olimlarimiz oldida turgan muhim vazifadir

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov Qarshi shahridagi TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti professor o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va bu jarayonda salohiyatli yigit-qizlarning tutgan o‘rni va 2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yoshlar bilan olib borilgan o‘zaro muloqotlar yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi.

Uchrashuvda  qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

-Buning uchun yosh olimlarni qishloq xo‘jaligi uchun juda muhim bo‘lgan suvni tejashning innovatsion texnologiyalarini yaratishga jalb etish lozim, - dedi A. Xaitov talabalar bilan muloqot chog‘ida. – Binobarin, iqlimizga mos va xos bo‘lgan bunday texnologiyalarni kashf etish, ishlab chiqarishga joriy etish bugun suv tanqisligi sezilayotgan va dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammo hisoblanadi. Men ishonamanki, bu institutda tahsil olgan yoshlar mamlakatimiz ravnaqi uchun muhim bo‘lgan yangiliklarni yaratishda yetakchilardan bo‘ladilar.

Uchrashuv qizg‘in muloqot va savol javblar tarzida o‘tdi.

  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    269
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+