Taraqqiyot strategiyasi: mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish vazifalari belgilangan
11.02.2022, 15:25

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDePning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish borasida O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, partiya faollari va mutaxassis-ekspertlardan iborat alohida ishchi guruhlari tuzildi va ushbu ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va maqsadlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda ularni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarni belgilab olish hamda masalani muhokama qilib xulosa va takliflarni tayyorlash maqsadida maxsus davra suhbatlari va o‘quv-seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda “Huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish vazifalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida strategiyada milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish hamda mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish yo‘nalishidagi ustuvor maqsad va vazifalar, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish, fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish, mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar, keng muhokama va munozaralar bo‘ldi hamda tegishli taklif va xulosalar bildirildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan yuqorida bildirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashning normativ-huquqiy asoslarini yaratish, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar hamda amaliy mexanizmlar batafsil tushuntirildi. Ushbu yo‘nalishdagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishga bevosita mas’ul bo‘lgan har bir vazirlik va idoraning chora-tadbirlar rejasi hamda “yo‘l xaritasi” tanishtirildi va muhokama qilinib, takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida O`zLiDeP hamda uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, partiya faollari va ekspert guruhlari tomonidan ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlash mexanizmlari belgilab olindi.
Nasimjon Alimov,
O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi
Siyosiy ta’lim markazi rahbari.
O'xshash yangiliklar
-
Yetishtirilgan 113 millionta ko‘chat, yer sotib olayotgan ayrim odamlarning nomaqbul ishlariga chek qo‘yish bo‘yicha taklif...
16.12.2022, 15:40
-
Chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
15.12.2022, 11:52
-
Partiya ishchi guruhi davlat dasturining 286-bandi bajarilishini muhokama qildi
09.12.2022, 18:12
-
Ishchi guruh: Guliston tibbiyot klasteri faoliyati tahlil qilindi
02.12.2022, 17:30
-
Ishchi guruh Jizzaxdagi kichik sanoat zonalari faoliyati bilan tanishdi
30.11.2022, 11:54
Fikringizni qoldiring