Taraqqiyot strategiyasi partiya faollari diqqat e’tiborida

11.02.2022, 17:11

Taraqqiyot strategiyasi partiya faollari diqqat e’tiborida

Vobkent tuman hokimligi majlislar zalida Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyatini chuqur o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

So‘z olgan partiya vakillari belgilab berilgan ushbu vazifalarni amalga oshirishda partiya faollari bilan birga mahalliy Kengash deputatlari ham har qachongidan ko‘ra peshqadam bo‘lishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Strategiyada “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bilan integratsiya qilish,  2023 yil 1 yanvardan boshlab, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirilishi muhim yangilikdir.

Farmonga binoan mahallalarda 2022 yilda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman(shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi.  Ayniqsa mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi yaratilib, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali mahallalarning xalq oldidagi nufuzini oshirish ham alohida nazarda tutilgan.

Tadbirda Traqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan dorlzarb partiyaviy vazifalar belgilab olindi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

O’quv-seminari doirasida MFYlardagi O'zLiDeP safiga yangi qabul qilingan hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilariga partiya guvohnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. E’tiborlisi shundaki, Vobkent tumanidagi barcha mahallalaridagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari O'zLiDeP a’zolaridir.

Asxor Istamov,

XXI ASR

  • Ko'rildi
    227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+