O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
11.02.2022, 17:12

Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustivor vazifalar ijrosini ta’minlash, joylarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga, aholi bandligini ta’minlashga va shu asnoda doimiy daromad manbalarini shakllantirishga ko‘p jihatdan bog‘liq.
G’allorol tumanida O’zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan va xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, elektorat vakillari, tadbirkorlar va yoshlar ishtirok etgan “Tadbirkorlik - bugungi va ertangi farovonligimiz garovi” mavzusidagi davra suhbatida ham aynan shu masalalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni - 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda "daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar" qatoriga kirish uchun zamin yaratish vazifasi qo‘yilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil kilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan maqsadlardan biridir.
Tadbir davomida tumanda bu ustivor yo‘nalishlar ijrosiga qaratilgan vazifalar, ularda yoshlarning ishtiroki masalalari ham atroflicha muhokama qilindi. Tuman yoshlarini kasb-hunarga o‘qitish, yigit-qizlarning yangi tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va shu asnoda yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalarini ta’minlashda partiya “Yoshlar qanoti” a’zolarining mahallalardagi hokim yordamchilari va Yoshlar yetakchilari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Xolbek ASATOV,
O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi
Yoshlar va biznes tuzilmalari
bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
Fikringizni qoldiring