Deputat aholiga "Open budjet" portalidan foydalanish haqida tushuncha berdi

11.02.2022, 17:14

Deputat aholiga

Ijtimoiy muammolarni hal etish bugun jamoatchilikning ham ishtirokiga, tashabbuskorligi va qo‘llab-quvvatloviga bevosita bog‘liq. Birgina "Open budjet" portalining ishga tushirilishi bugungi siyosatning va texnologik rivojlanishning samarasidir. Uning yordamida chekka hududlar, qishloqlardagi ko‘plab muammolarga yechim topilmoqda.

Xo‘sh, ushbu dasturda qanday qilib muammolarni joylashtirish mumkin? Qancha ovoz to‘plagandan keyin, muammo yechimi uchun mablag‘ ajratiladi? Buni odamlar bilishi, xabardor bo‘lgan holda o‘z hududi haqida qayg‘ursagina ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishi mumkin.

O’zLiDeP Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati M.Toshmurodova "Qoraqursoq" mahallasida o‘tkazgan uchrashuvida mahalla ahliga ushbu portal va undan foydalanish haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Shu bilan birga mahalladagi muammolarni ham o‘rgandi.

  • Ko'rildi
    319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+