Lider ayollar talaba qizlar bilan suhbatlashdi

14.02.2022, 14:56

Lider ayollar talaba qizlar bilan suhbatlashdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida joriy “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” bo‘yicha Davlat dasturi ijrosini taminlash maqsadida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “O’zLiDePning lider ayollari va yoshlar” mavzusida talaba-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda “Ayollar qanoti” guruhi faollaridan Kegayli tumani “Arzu” fermer xo‘jaligi rahbari, «Yil ayoli – 2021» respublika tanlovining Gran-pri sohibasi P.Saliyeva, “Mo‘ynoq tur” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, “Tashabbus-2021” ko‘rik-tanlovi g‘olibasi A.Begjanova, Nukus shahri “Ziyada-Nur” o‘quv markazi rahbari, “Shuhrat” medali sohibasi Z.Utenazarova, Nukus shahri “Gulimed-Farm” xususiy tibbiyot markazi rahbari G.Xojamuratova va boshqalar, mamlakatimizda olib borilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, ayniqsa, xotin-qizlarga qaratilgan e’tibor, jamiyatda va oilada xotin-qizlarning o‘rni, lider ayollarning imidjini yaratish, gender tengligi masalalariga to‘xtaldi. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sohaga yoshlarni jalb qilish, shu orqali ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Harakatlar strategiyasidan farqli o‘laroq, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi O’zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadga erishishga qaratilgan va 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-tadbirni o‘z ichiga olgan. Jumladan, Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish, mamlakatda 2026 yil yakuniga qadar ishsizlik darajasini kamida 2 barobar qisqartirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 barobar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

E’tiborli tomoni strategiyaning uchinchi yo‘nalishi aynan partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalariga hamohang bo‘lib, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bu esa o‘z navbatida partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatiga to‘liq xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv davomida tadbirkor va fermer xotin-qizlar raqobatga chidamli mahsulot ishlab chiqarishda, servis xizmatini ko‘rsatish va boshqa masalalar yuzasidan o‘zlarining hayotiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Muloqot davomida talaba qizlar tadbirkorlik sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Ushbu mavzudagi uchrashuv Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ham bo‘lib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    621
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+