Soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi

14.02.2022, 14:59

Soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar  muhokama qilindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan Mirzacho‘l tumanida xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tuman Soliq inspeksiyasi xodimlari, tadbirkorlar, fermer xo‘jalik vakillari ishtirokida “Soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda dastlab, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustivor vazifalar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Xususan,  sharoiti  og‘ir  bo‘lgan tumanlarda  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  yanada  qulay  shart-sharoitlar yaratish,  ilg‘or  xorijiy  tajriba  asosida  faktoring  amaliyotini rivojlantirish, 2026 yilga borib tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish, hududlarda  tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash,  ishsizlik va  kambag‘allikni  qisqartirish  bo‘yicha  mavjud  tuzilmalar  faoliyatini takomillashtirish, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi  2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bevosita soliq inspeksiyasi xodimlariga berilgan savollarga ham batafsil javob qaytarildi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+