Partiya quyi bo‘g‘inlari hisobot-saylov yig‘ilishlarga tayyorgarlik ko‘ryapti

14.02.2022, 15:01

Partiya quyi bo‘g‘inlari hisobot-saylov yig‘ilishlarga tayyorgarlik ko‘ryapti

Xorazm viloyat Kengashi tashkiliy partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Gurlan tumanida partiya faollari uchun “Boshlang‘ich partiya tashkiloti va uning partiya faoliyatidagi o‘rni” mavzusida seminar  tashkil qilindi.

Unda 2022 yil 15 fevraldan 15 aprelgacha boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘lib o‘tadigan hisobot saylov yig‘ilishlarini  tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Gurlan tumanida bugungi kunda 86 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud bo‘lib o‘z atrofiga jami 5986 nafar a’zoni birlashtirgan.

Bo‘lib o‘tadigan bu hisobot saylov yig‘ilishlarining kun tartibida O`zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining 2021 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta ko‘rib chiqiladi, quyi tizimlarning 2022 yil uchun ish rejalari tasdiqlab olinadi. Shuningdek “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan traqqiyo strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” dagi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2022 yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.

Seminar ishtirokchilari o‘tkaziladigan hisobot-saylov yig‘ilishlarini sifatli tashkil qilish, unda a’zolar tarkibini qayta ko‘rish, o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga partiya deputatlik guruhi a’zolarini jalb qilish, partiya tuman kengashi qoshidagi fahriylar kengashi a’zolari salohiyatidan unumli foydalanish, tuman kengashi bilan aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan va partiyaviy loyihalarda faol ishtirok qilayotgan partiya faollarini rag‘batlantirish, BPT rais va rais o‘rinbosarlari faoliyatini yanada jonlantirish, har bir boshlang‘ich partiya tashkilotiga partiya tuman kengashi a’zolari va deputatlarni biriktirish orqali ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikrlashdilar.

Ayniqsa tumandagi mavjud barcha mahallalarda boshlang‘ich partiya tashkilotlarni tashkil etish va ularda aniqlangan muammolarni hal etishda mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga ahmiyat qaratildi.

      D.Qobulova,

 O`zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    482
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+