Taraqqiyot strategiyasi: Xususiy mulk daxlsizligi ishonchli himoya qilinadi va noqonuniy aralashuvga chek qo‘yiladi

14.02.2022, 15:05

Taraqqiyot strategiyasi: Xususiy mulk daxlsizligi ishonchli himoya qilinadi va noqonuniy aralashuvga chek qo‘yiladi

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolaridan tarkib topgan ishchi guruhning ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O'zLiDePning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, har bir yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirilgan edi.

Strategiyada barcha sohalar qatori mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur
shartiga aylantirish yo‘nalishida ham qator vazifalar amalga oshishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash masalasi ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu borada xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash, xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida belgilash, shu jumladan davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish belgilangan. Bu esa partiyamiz saylovoldi dasturidagi vazifalardan biri bo‘lib, partiya fraksiyasi va uning deputatlik korpusi vakillari joylarda ushbu yo‘nalishdagi muammolarni o‘rganish va deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish muhim ahmiyatga ega.

Yana bir muhim masala sifatida Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish borasida ham aniq vazifalar belgilandi.

Bu orqali “Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish, sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar qabul
qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, byurokratik g‘ov
va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish masalasi ham o‘rin olgan.

Partiya faollari va deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari ushbu yo‘nalishdagi aniq vazifalarni belgilab oldi va o‘zining tadbirlar rejasini tasdiqlab olishdi.

  • Ko'rildi
    506
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+