Ichimlik suvidan oqilona foydalanishga ham e’tibor berish zarur

14.02.2022, 15:11

Ichimlik suvidan oqilona foydalanishga ham e’tibor berish zarur

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida toza ichimlik suvi taqchilligi dolzarb masala bo‘lib turgan bir vaqtda, mamlakatimizda aholini toza ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlarini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari bo‘yicha o‘tkazgan  yig‘ilishida bu haqda  alohida ta’kidlanib, joriy yilda bu maqsadlar uchun budjetdan 2 trillion so‘m ajratilishi, 245 million dollar jalb etilishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari asosiy e’tibor suv ta’minoti va sifati past hududlarga qaratilishini ta’kidladi. Xususan, suv tarmog‘i yo‘q 1 ming 545 ta mahallani suv bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu masalada viloyatimiz bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, Sirdaryo viloyatida 2021 yil boshida aholini  markazlashgan ichimlik  suvi bilan ta’minlanish darajasi 82,2 % ni tashkil etgan edi. 2021 yilda markazlashgan budjet mablag‘lari hisobidan 28 ta ob’ektlarda 47,5 mlrd so‘m mablag‘lar moliyalashtirilib 65,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 199,7 km ichimlik suvi tarmog‘i tortish 18 dona ichimlik suvi qudug‘i qurish 21 dona ichimlik suvi nasosi, 11ta  xlorlash uskunasi o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga viloyat aholisining ichimlik suvi ta’minoti bilan ta’minlaganlik darajasi 82,2 dan 83,5%ga oshishga erishildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi qaroriga asosan 2021 yilda Sirdaryo  viloyati hududidagi 5 ta ob’ektlarda 16,7 mlrd.so‘m mablag‘lar moliyalashtirilib, 18,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Viloyat bo‘yicha oqova suv tozalash inshootining umumiy quvvati 62 ming metr kub sutkani tashkil etadi. Hozirda 20 ta oqova haydash nasos stansiyalari va 247,3 kilometr oqova suv tarmoqlari tortildi.

Jumladan, Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlari, Oqoltin, Xovos tuman markazlarida hamda Mirzaobod, Sardoba tumanida yangi tashkil etilgan massivlarda oqova suv xizmatlari ta’minlanganlik darajasi 25 foizni tashkil etadi.

Inson hayotining muhim omili bo‘lgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash barobarida amalga oshirilayotgan ishlar aholining salomatligini muhofaza qilish bilan barobar. Bu harakatlarning qadriga yetish, ichimlik suvidan oqilona foydalanishga ham e’tibor berish zarur.

Sherzod VAFOYEV,

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    596
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+