Deputat tashabbusi bilan maktab bitiruvchilari «Art Soft Holding» MChJda ishlaydigan bo‘ldi

15.02.2022, 15:00

Deputat tashabbusi bilan maktab bitiruvchilari «Art Soft Holding» MChJda ishlaydigan bo‘ldi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Qobiljon Dadabayev tashabbusi bilan yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni ishga joylashtirish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Davlatobod tumanidagi 54, 56, 84, 72 va 48-sonli umumta’lim maktablarida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

 Uchrashuvlarda yurtimizda tadbirorlik rivoji, ayniqsa yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyati borasida so‘z yuritildi.

Yoshlarni maktabni bitirgandan so‘ng tabirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlash yuzasidan bergan savollariga batafsil javob berildi.

Tadbir davomida maktab bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida deputat bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan «ART SOFT HOLDING» MChJ va 54, 56, 84, 72 va 48-sonli umumta’lim maktablari o‘rtasida Hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Unga ko‘ra, o‘quv jarayoniga ta’sir qilmagan xolda, «ART SOFT HOLDING» MChJda ishlash istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilariga mustaqil ta’lim va amaliy-kasbiy ko‘nikmalar olishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishda ko‘maklashiladi. Korxona tomonidan mehnat qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, bitiruvchilarning amaliy va nazariy bilimlarini tekshirgandan so‘ng, ularni ishga joylashtirish masalalari belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    380
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+