"Yo‘l xarita"miz aniq

15.02.2022, 15:25

28 yanvar kuni Harakatlar strategiyasining uzviy davomi o‘laroq, O’zbekistonning kelajagi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan eng muhim hujjat – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu bilan, kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi.

Xususan, Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida umumiy qiymati 55 trln. so‘m va 11,7 mlrd. dollarlik 398 ta chora-tadbirning ko‘zda tutilganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Vaholanki, 2021 yilda belgilangan davlat dasturini bajarish uchun 29 trln. 492,7 mlrd. so‘m va 2 mlrd. 600,4 mln. AQSh dollari, 2020 yildagi davlat dasturini bajarish uchun esa 18 trln. 171,4 mlrd. so‘m va 10 mlrd. 301,5 mln. AQSh dollari ajratilgan edi.

Shu munosabat bilan, 31 yanvar kuni O’zLiDeP va partiya fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma majlisi tashkil etildi.

Majlisda Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

Partiyaning Surxondaryo viloyat Kengashida ham deputatlik guruhi vakillari ushbu strategiyadagi vazifalardan kelib chiqqan holda hududiy "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishdi. Viloyat kengashida o‘tgan tadbirda ana shu xususida muhokamalar bo‘lib o‘tdi, turli fikr va takliflar bildirildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    361
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+