Yoshlar yetakchilari partiya safida

15.02.2022, 17:09

Yoshlar yetakchilari partiya safida

Mahallalardagi yoshlar yetakchisi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashadi.

O'zLiDeP Boyovut tuman Kengashi tomonidan mahallalardagi Yoshlar yetakchilarini  partiya safiga qabul qildi. Yetakchilarning faoliyati va ular amalga oshiradigan ishlar partiyamizning maqsad va vazifalariga mos kelishi hamda a’zolikkka qabul qilinayotganlarni to‘la qanoatlantirdi.

Boyovut tuman Yoshlar agentligi vakillari tumandagi 39 ta mahallalarda tayinlandi. Yoshlar yetakchilari barchasi mahallalarda xatlovda faol ishtirok etayapti. Yoshlarning muammolari va takliflari birma-bir o‘rganib chiqilib, ularning ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Faol yoshlardan Shaxboz Safarboyev, Timur Abdujabborov, Nurmuhammad Gupronqulov, Abbos Sattarovlarga partiyaning guvohnomasi va ko‘krak nishoni topshirildi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+