"IYMAN textile" to‘qimachilik korxonasi xotin-qizlari O’zLiDeP safiga qo‘shildi

16.02.2022, 17:25

Qarshi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur tikuv-trikotaj mahsulotlari korxonasi  12,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ evaziga barpo etilgan bo‘lib, majmua yiliga 3 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.  Hozirgi kunda bu yerda 100 nafardan ziyod xotin-qiz uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Korxonada O`zLiDeP viloyat va tuman kengashi  xodimlari tomonidan xotin-qizlar uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Tadbir so‘ngida “IYMAN” tekstil tikuvchilik majmuasining 20 nafar tikuvchi xotin-qiz partiya a’zoligiga qabul qilindi.

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    335
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+