Quyi bo‘g‘inning o‘tgan yildagi faoliyati ijobiy baholandi

16.02.2022, 17:32

Quyi bo‘g‘inning o‘tgan yildagi faoliyati ijobiy baholandi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga asosan shu yilning 15 fevralidan e’tiboran boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari start oldi.

Mazkur muhim jarayon davomida BPTlarning o‘tgan yildagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, joriy yilda qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Chilonzor tumanidagi “PGS” xususiy korxonosida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Korxona o‘z faoliyatini dastlab bezakli taxta (parket) ishlab chiqarishdan boshlagan. Bugungi kunda korxona elektro‘choq, elektrqo‘ra, elektrosauna, elektrosandal, istgichlar jami 28 xil uskunalar ishlab chiqarmoqda va ularning hammasi sopol bilan foydalanishga asoslangan.

Dastlab xodimlar soni 3 kishi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda 100 nafardan ziyod ishchi mehnat qiladi. Ularning aksariyati yoshlardir. Korxona ishlab chiqargan mahsulotlarini Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarga eksport qiladi.

Ushbu quyi bo‘g‘in o‘tgan yil davomida bir qator amaliy ishlarga ham qo‘l urdi, partiya bilan doimiy hamkorlikda ishlab kelmoqda. Xususan, mazkur BPT tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilib, 45 nafar yoshlar ishli bo‘ldi. Shuningdek, quyi bo‘g‘in tomonidan tadbikorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni muammoli masalalarini hal etish, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish,  ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, partiya a’zolarini ko‘paytirishda ham faollik ko‘rsatildi. Ushbu ijobiy ishlarni amalga oshirishda O‘zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi va deputatlarning hamkorligi muhim sanaladi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in tomonidan bu kabi amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. 37 nafar partiya a’zosini birlashtirgan mazkur tashkilotning 2021 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti ijobiy baholandi.

Shuningdek Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta saylandi. Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mazkur tayanch bo‘g‘inning joriy yildagi ish-rejasi tasdiqlab olindi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    217
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+