“Piskent Sharq Agro” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida BPT tashkil qilindi

17.02.2022, 17:37

“Piskent Sharq Agro” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida BPT tashkil qilindi

Ma’lumki, BPT – partiyaning negizi hisoblanadi. BPTlarning faolligi bilan partiya faoliyati samaradorligi ta’minlanib, a’zolar soni ortishiga xizmat qiladi.

Azimjon Ibragimov rahbarligidagi “Piskent Sharq Agro” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida mana shunday fuqarolarni o‘zaro manfaatlar, qarashlar umumiyligi asosida hududiy, ishlab chiqarish muassasasida birlashtiradigan partiyamizning boshlang‘ich bo‘g‘inlaridan biri tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, mazkur fermer xo‘jaligi paxta, g‘alla, sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, bu yerda 45 nafar doimiy, 300 dan ortiq mavsumiy ishchi mehnat qiladi.

Mazkur fermer xo‘jalikda tashkil qilingan tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xayitov, partiya Toshkent viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev, partiya tuman Kengashi mas’ul rahbarlari, Faxriylar Kengashi hamda yangi BPTning a’zolari qatnashdi.

O’zLiDeP rahbari Aktam Xayitov fermer xo‘jaligi faoliyati haqida ijobiy fikrlar bildirarkan, korxona rahbari Azimjon Ibragimovga o‘z kooperatsiyasini rivojlantirish, faoliyatini yanada kengaytirish uchun Kengash huzuridagi jamg‘arma hisobidan 2 mlrd so‘mlik kredit mablag‘i ajratishga va’da berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan quyi bo‘g‘in faoliyatini kuchaytirish orqali siyosiy partiya o‘z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida samarali natijalarga erishishi mumkinligi qayd etildi. Bunda boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z vazifalarini davr talabi darajasida bajarishlarini ta’minlash partiyamizdan joylardagi mazkur bo‘g‘inlarnni tashkiliy jihatdan mustahkamlashni, ularning tashqi va ichki vazifalarni aniqlashtirishni, qolaversa, ularda mustaqil ravishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirish va bir qator boshqa partiyaviy ishlarning samarali ijrosini talab etishi ta’kidllandi.

Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining faoliyatini yanada jonlantirish viloyat Kengashi oldida turgan ustuvor masalalardan biriga aylangani borasida fikr yuritildi. 

Yangi BPT raisligiga faol tashabbuskor, namunali partiya a’zolaridan biri Zulxumor Ubaydullayeva saylandi. Unga yuksak ishonch bildirilib, BPT ning guvohnomasi topshirildi.

Partiya safiga qabul qilingan BPT a’zolariga ko‘krak nishonlari hamda a’zolik guvohnomalari tantanali suratda taqdim etildi.

Kunning ikkinchi yarmida partiya yetakchisi Aktam Xayitov Toshkent viloyatidagi fermerlar va tomorqachilar ishtirokida tashkil qilingan seminarda ham ishtirok etdi.

Unda tuproq unumdorligini oshirish, tomorqachilikni rivojlantirish, beda va chorva ozuqa ekinlarini almashlab ekish, foydalanishdan chiqqan va yangi yerlarni o‘zlashtirish borasidagi o‘zining uslubiy hamda amaliy tavsiyalarini berdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+