Taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

17.02.2022, 18:01

Taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi majlislar zalida “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Sherzod Mamatqulov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Prezidentimiz tomonidan «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi imzolanganini aytib o‘tdi. Shuningdek, “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi ustuvor vazifalarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomidagi muloqotlarda Taraqqiyot strategiyasidan o‘rin olgan ustivor maqsad va vazifalarni yanada kengroq targ‘ib qilish, ular ijrosini ta’minlashda partiya faollari, deputatlarning faolligini oshirish borasida ham fikr-mulohazalar, takliflar bildirib o‘tildi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1204
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+