Deputatlik eshituvi: Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti tinglandi

17.02.2022, 18:02

Deputatlik eshituvi: Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti tinglandi

 Xalq  deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari D.Seytniyazov Prezidentimizning 2020 yil 25 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi  va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining tumanda ijrosi yuzasidan hisobot  berib o‘tdi.

Jumladan, tumanda bugungi kunga qadar jami 106 131 tahlil PSR usulida laborator tekshirildi. Natijada qayta kasalliklar bilan jami 2826 bemor kasallik birlamchi aniqlandi. Kasal bo‘lganlar uylarida dizenfeksiya o‘tkazildi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan klinik kuzatuvga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Qo‘ng‘irot tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sh.Kdыrbayevning hisoboti tinglandi.

Prezidentimizning 2021 yil 27 iyuldagi  “Aholiga  ko‘rsatilayotgan  tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarorining tumanda ijrosi yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi mansabdor shaxslarning hisobotini tinglar ekan, deputatlik  guruhi a’zolari o‘zlarining taklif va fiklarini bildirib o‘tdi.  

         O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    220
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+