Deputatlik eshituvi: Uzunda budjet tushumlari ko‘paygani va uning qanday sarflangani muhokama markazida bo‘ldi

17.02.2022, 18:08

Deputatlik eshituvi: Uzunda budjet tushumlari ko‘paygani va uning qanday sarflangani muhokama markazida bo‘ldi

O'zLiDeP Uzun tumani Kengashida O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 25 dekabrda qabul qilingan “2021 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanida budjet tushumlari ijrosining 2021 yil yakunlari bo‘yicha Uzun tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i R.Boymirzayevning hisoboti eshitildi.

Aytish kerakki, 2021 yilda Uzun tumani bo‘yicha budjetga 52,6 mlrd. so‘mlik tushumlar rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 57,5 mlrd.so‘m.prognozga nisbatan 4,9 mlrd.so‘m qo‘shimcha tushumlar shakllantirilgan. Ularning 63 foizi yoki 36.0 mlrd. so‘mi 2 ta soliq turi jismoniy shaxslarning yer solig‘i va jimsoniy shaxslarning daromad  soliqlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tasdiqlangan prognoz ko‘rsatgichlariga qo‘shimcha ravishda 4,9 mlr.so‘m jalb etilgan daromadlarni tahlil qilinganda, jumladan: kameral soliq tekshiruvi hisobidan 0,6 mlrd.so‘m qo‘shimcha manbalar jalb etilib, 866 nafar ishchi xodimlarni legallashtirish hisobidan 0,1 mlrd. so‘m qo‘shimcha  soliqlar undirildi.

Soliq qarzini qisqartirish hisobidan 1,1 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha  manbalar tushirildi. Yangi loyihalarni ishga tushirish evaziga 0,4 mlrd.so‘mlik qo‘shimcha manbalar jalb etilib, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar hamda qurilishi tugallanmagan obe’ektlarga ta’sirchan soliq mexanizmlarini qo‘llash natijasi bilan budjetga 1,8 mlrd.so‘mlik mablag‘ ham yo‘naltirildi.

Qolaversa, kadastr organlarida mavjud ma’lumotlar bilan taqqoslash natijasi bilan budjetga 0,3 mlrd. So‘mlik, boshqa yo‘nalishlar hisobidan esa 1,6 mlrd.so‘m tushitirilishi amalga oshirildi.

Eshituvda shular xususida muhokama qilinar ekan, O’zLiDeP Uzun tumani Kengashi deputatlik guruhi umuman, mablag‘larni maqsadli sarflangani haqida ham so‘rab, bilib olishdi.

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+