Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi

17.02.2022, 18:25

Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni  rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Yoshlarga oid davlat siyosatini yuritishda avvalo, ularning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, ularni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol toptirish, sifatli ta’lim olishlari, o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun yetarli sharoit yaratish va qo‘llab-quvvatlash muhim sanaladi.

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar qanoti” tomonidan tashkil qilingan muloqotda yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni
rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan yo‘l xaritasida ushbu yo‘nalish bo‘yicha ham vazifalar belgilab olingan. Xususan, yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida urg‘u berildi.

Mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan samarali foydalanishni ta’minlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

“Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, sohani yanada takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda OʼzLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

  • Ko'rildi
    1172
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+