Baxmalda hisobot saylov yig‘ilishlari tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tmoqda

18.02.2022, 12:36

Baxmalda hisobot saylov yig‘ilishlari tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tmoqda

Ayni kunlarda hududiy partiya tashkilotlari tarkibidagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida, muhim siyosiy jarayon – hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

6300 nafardan oshiq maslakdoshlarimizni birlashtirgan 61 ta BPT faoliyat olib borayotgan O'zLiDeP Baxmal tuman Kengashida ham bu siyosiy jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

Diqqatga sazovor tomoni, aksariyat hisobot-saylov yig‘ilishlari tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tayotgani bilan alohida ajralib turibdi. Quyi bo‘g‘in faollari nafaqat yetakchilar hisobotiga, balki 2022 yil ish–rejasiga ham jiddiy yonlashmoqdalar. O’rinli taklif va mulohazalar bildiriloqda.

Baxmal tuman O’smat ShFY hududida tashkil etilgan va Faxriddin Ergashev yetakchilik qilayotgan quyi bo‘g‘inda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishi ham aynan tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgani bilan ajralib turdi. Yig‘ilishda partiya tuman Kengashi xodimlari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tajribali partiyadoshlarimiz hamda elektorat vakillari ham ishtirok etishdi.

Mazkur BPT 42 nafar a’zolarni o‘z safiga birlashtirgan. Hisobot davrida pardiyadoshlarimiz barcha ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘zlari istiqomat qiladigan hududda  aholini qiynayotgan bir qator muammolarga yechim topishda deputatlarga yaqindan ko‘makdosh bo‘ldilar. BPT yetakchisi o‘z hisobotida bu misollarga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Misol uchun, maslakdoshlarimiz tomonidan hududda istiqomat qiluvchi 15 ta kam ta’minlangan oilalarga turar-joy kadastr pasportini shakllantirishda va shu bilan birga 20 dan ortiq tadbirkorlarning ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda amaliy yordam qo‘rsatildi.

Yil davomida aholi tomonidan qilingan 60 murojaatning 48 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolganlari nazoratga olingan.

Baxmallik maslakdoshlarimiz o‘z yetakchilarining hisobotini qoniqarli deb topdilar va uni yana qayta BPT raisligiga sayladilar. Yig‘ilish davomida faol partiyadoshlarimiz partiya tuman Kengashining estalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Baxrom Bobojonov,

O’zLiDeP Baxmal tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    377
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+