108 nafar partiya faolini o‘zida jamlagan BPTning o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi

21.02.2022, 17:10

108 nafar partiya faolini o‘zida jamlagan BPTning o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi

Ma’lumki, boshlang‘ich partiya tashkiloti o‘z vakolatlari doirasida yuqori partiyamiz organlarining xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga rivoj qo‘shishga xizmat qiluvchi qarorlarini hayotga tatbiq etishda asosiy tayanch kuchdir. Shunga ko‘ra, ular o‘z a’zolarini safarbar qilishadi.

Bo‘ka tumanidagi “Tuman obodonlashtirish bo‘limi” O’zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot saylov yig‘ilishida partiyaning mana shunday quyi tayanch tuzilmasi faoliyati sarhisob qilindi.

O`zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining 2021 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglangan yig‘ilishda 108 nafar partiya faolini o‘zida jamlagan BPTning a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”dagi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2022 yildagi ustuvor vazifalari doirasidagi  faoliyatini yanada jonlantirish, a’zolar safini kengaytirish, partiya bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish borasida fikrlar almashildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    306
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+