Hisobot-saylov yig‘ilishida BPT yetakchilari qayta saylandi

21.02.2022, 17:11

Hisobot-saylov yig‘ilishida BPT yetakchilari qayta saylandi

Shofirkon tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada faoliyat boshlagan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishida ushbu tayanch bo‘g‘inning o‘tgan yildagi faoliyati tanqidiy-tahliliy sarhisob qilindi.

Ta’kidlanganidek, tumandagi 5252 nafar O‘zLiDeP a’zosining 127 nafari ushbu BPT hisobida bo‘lib, ular tomonidan hisobot davrida joylarda partiyaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda muayyan natijalarga erishilgan. Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ish-rejasi tasdiqlab olingan.

Ma’lumki, taraqqiyot strategiyasida mamlakatimiz tibbiyot tizimida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha ham bir qator vazifalar belgilab berilgan. Bu o‘z navbatida ushbu yo‘nalishda tuman sog‘liqni saqlash sohasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan bunday ayanchli holatlarning oldini olishni ham taqozo etadi. Bu borada ham tuman deputatlik korpusi va partiya quyi bo‘g‘inlari bilan hamkorlikda izchil ish olib borishlari zarur. Yig‘ilishda shu haqdagi fikr-mulohazalar ham bayon etildi. Zotan, korrupsiya-jamiyat rivoji, ma’naviy muhiti hamda sog‘lom raqobatni qaror toptirishda asosiy to‘siqlardan biridir.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, BPT raisligiga Aziz Nosirov qayta saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    590
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+